Chempionlar ligasida kim eng ko‘p pul ishladi?

  • 11 fevral, 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p pul mukofoti olgan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

AS nashrining ma’lumotiga ko‘ra, musobaqaning umumiy bosqichida birinchi o‘rinni egallagan “Liverpul” o‘z g‘aznasiga 56,2 million evro qo‘shib qo‘ydi. Liverpulliklar umumiy bosqichda ishtirok etgan 36 jamoa orasida eng katta daromad olgan klubga aylandi.

Musobaqaning dastlabki bosqichini ikkinchi o‘rinda yakunlagan “Barselona” pul ishlashda ham ikkinchi bo‘ldi.  UEFA kataloniyaliklarning hisob raqamiga 54,5 million evro miqdlorida mukofot puli o‘tkazib berdi.

Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” yangi formatdagi turnirning umumiy bosqichini 11-pog‘onada yakunladi. Madridliklarning bu natijasi klub hisob-raqamiga 37,27 million evro keltirdi.

Agar “Real” pley-offning o‘tish o‘yinlarida “Manchester Siti”ni ortda qoldira olsa, 1/8 finalga yo‘llanma olgan jamoalar qatori yana 11 million evro ishlab oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!