Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Noni Madueke UEFA Chempionlar Ligasi umumiy guruh bosqichining 6-turida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Angliyalik futbolchi "Bryugge" darvozasiga ikki gol urdi va jamoasining 3:0 hisobida yirik g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun, shuningdek, "Barselona" himoyachisi Jyul Kunde (dubl), "Atalanta" hujumchisi Sharl de Ketelare (dubl) hamda "Ayaks" yarim himoyachisi Oskar Glux (dubl) da’vogarlik qildilar.
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida "kanonirlar" 18 ochko bilan peshqadam hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda 15 ochko to‘plagan "Bavariya" joylashgan. PSJ, "Manchester Siti", "Atalanta" va "Inter" esa 13 ochkodan jamg‘arib, keyingi pog‘onalarda bormoqda.



Fikrlar