Chempionlar ligasida asr rekordi o‘rnatildi

  • 30 yanvar, 11:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi formatda o‘tkazilayotgan Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining sakkizinchi turida gollar soni bo‘yicha yangi rekord qayd eildi.

Tecno

Ikki kun davomida 18 ta uchrashuv o‘tkazilib, bu o‘yinlarda darvozalarga jami 64 ta to‘p kiritildi. Bu  XXI asrdagi rekord natija sifatida qayd etildi.

Umuman musobaqa tarixida esa, bu ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Evropaning eng nufuzli xalqaro turnirida gollar soni bo‘yicha rekord  1970-1971 yilgi mavsumda o‘rnatilgan. O‘shanda Evropa chempionlar kubogi nomi bilan tashkil etilgan musobaqaning bir turida 16 ta uchrashuvda darvozalar 66 marotaba ishg‘ol qilingan.

Bu galgi musobaqaning oxirgi turida eng yirik hisob Frantsiyada qayd etildi. “Lill” futbolchilari Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda 6:1 hisobida zafar quchdi. Qiztg‘i shundaki, 18 ta bellashuvning barchasida muxlislar gol ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!