Chempionlar Ligasi yarim finalida ham topilmaydigan super to‘qnashuv (prevyu)

  • 16 avgust, 2020, 14:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvallari, “Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasidan Evropa Ligasiga ravona bo‘ladigan bo‘lsa, 1/16 yoki nimchorak finalda ishtirokini to‘xtatardi. Sababi, ushbu chempionat nufuzi yaqin-yaqingacha ham bu darajada baland emasdi. Ammo Aleksandr Cheferin prezidentlik davrining eng yorqin ishlari qatorida ushbu rivojlanishni e’tirof etish joiz. Bugun Evropa Ligasi yarim finalida kichik nomlarni uchratmaysiz. O‘zingiz ko‘rib, guvoh bo‘lishingiz mumkin: Italiya vitse-chempioni, APL bronza medallari sohibi, Ispaniyada o‘zaro o‘yinlar nisbatigagina 4-pog‘onada qolib ketgan jamoa va Ukrainaning bir necha yillardan beri mutlaq chempioni.
Bugun biz siz bilan afisha jihatidan EChL yarim finallarini-da ortda qoldirgan qarama-qarshilik haqida gaplashamiz.

Tecno

https___st1.soccer365.ru_s1_photo_20_224_1_s3qk1AqPGqzk
“Sevilya”

Xulen Lopetegi aslida ulkan mavqega va shunga yarasha mahoratga ega katta murabbiy. Uning Ispaniyadan ketishiga omil bo‘lgan sabab natijaga aloqador emasdi. “Real”ga esa ketma-ket 3 mavsum EChL g‘olibi bo‘lgan bir paytda keldi. Ammo ayni shu davrdan yangi “Qirollik klubi” qurila boshlangan edi. 5 yil ichida 4 bor Evropada tengsiz, deb topilgan madridliklarning g‘ururi yangi shakllanishi lozim bo‘lgan jamoaning mag‘lubiyatlarini ko‘tara olmadi. Keyin esa Xulen ketishga majbur bo‘ldi. Bugun Zidan qurgan jamoa Ispaniyani avvalgi resurslari bilan zabt etgan bo‘lsa bordir. Ammo butun Evropa “Barselona” qay ahvoldaligini ko‘rib bo‘ldi. “Real”ning bu “hunarlari” chorak finalda “Lion” to‘sig‘idan o‘ta olmagan “Manchester Siti”ga ham o‘tmadi.
Keling, “Sevilya” mavzusiga qaytaylik! Lopetegi Andalusiyada shunday jamoa qura oldiki, bugun ularning o‘yin barcha uchun birdek maroqli. Bu jamoada o‘ziga yarasha ijrochilar, fenomenlar, bir so‘z bilan aytganda, kuzatishga arziydigan futbolchilar etarli. Ammo, tan olish kerakki, “ko‘hna qit’a”da ispanlar tarkibi u qadar katta nomlarga ega hisoblanmaydi. Demak, gap yana murabbiyga borib taqalyapti. Bugun Xulen jamoasini shu qadar tez fursatda yangi taktik uslublarga qarshi kurashga tayyorlay olmoqdaki, har bir uchrashuvda biz boshqacha “Sevilya”ni ko‘rmoqdamiz. “Roma”ga qarshi tajovuzkor, quvnoq ko‘ringan andalusiyaliklar “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinda ancha bosiq, teran futbol namoyish etishdi.
“Qizil iblislar” esa qanday holatda bo‘lmasin har qanday jamoa hisoblashishga majbur bo‘lgan raqiblar sirasiga kiradi. Manchesterliklarning ishlari joyida. Demak, ular haqida jiddiy bosh qotirish lozim.
Taxminiy tarkib: Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Regilon, Banega, Fernando, Jordan, Suso, En-Neseri, Okampos.

529

“Manchester Yunayted”

“Kopengagen” mankunianlarga rosmana jiddiy bosh og‘rig‘i bo‘la oldi. “Sevilya”dan farqli o‘laroq, MYu futbolchilari 120 daqiqalik uchrashuvdan o‘tib kelayotgani bor gap. Ammo har ikki jamoada dam olish uchun etarlicha vaqt bo‘ldi.
“Qizil iblislar”ni o‘sha uchrashuvdagi kech urilgan gol uchun butkul aybdor qilib qo‘yish noto‘g‘ri bo‘lardi. Sababi, vaziyatlar qancha ko‘p va xavfli tus olmasin, daniyaliklar posboni Yonsson o‘zining ishonchli harakatlari bilan barchani battar hayratlantira boshladi. Penalti bo‘lmaganida keyinchalik manchesterliklar gol ura olarmidi yoki yo‘q, buni bilish qiyin. Ammo shu narsa aniqki, inglizlar ham ispanlarnikidan kam bo‘lmagan darajadagi qiyin sinovdan o‘tib, yarim finalga etib keldi.
Sulsherning “Yunayted”i Brunuga tobora bog‘lanib borayotganini klubdagilar ham sezgan ko‘rinadi. Klub mutasaddilari “Borussiya”dan Sanchoni portugaliyalikka sherik qilib olib kelish harakatida kuyib pishyapti.
Taxminiy tarkib: Romero, Uan-Bisakka, Bayi, Maguayr, Uilyams, Fred, Grinvud, Brunu Fernandesh, Pogba, Reshford, Marsyal.
Ishtirok eta olmaydi: Jons.

543

Murabbiylar

Xulen Lopetegi: “MYu yanvar oyidan beri APLda mag‘lubiyatga uchramadi. Bu ko‘p narsani anglatadi. Ammo bu Evropa Ligasi yarim finali. Bizga xotirjamlik bera oladigan jihat shundan iboratki, jamoam ulkan ishtiyoq, motivatsiya va finalda o‘ynash istagi bilan mashg‘ulot olib bormoqda. Yuqori darajadagi raqiblarga qarshi bu kabi turnirlarning yarim finalida o‘ynashning o‘ziyoq seni ruhlantirib yuboradi. Biz mas’uliyatni to‘liq anglagan holda muhim uchrashuvga tayyorlanyapmiz”.

thumb700_20190918184206948
Ole-Gunnar Sulsher: “Biz bir necha kun davomida tiklanish va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Bu kabi imkoniyat doim ham bo‘lavermaydi. 6 kun dam olgan holda ushbu bahsga tayyorlandik. Shunday ekan, biz tayyormiz! Har qanday o‘yinda yaxshi start olish muhim. Biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz lozim. Ularning kuchli pressingidan qutula olishimiz muhim. Individual mahorat ham ko‘p narsani hal qiladi”.

unnamed_6
Sulsher o‘ziga ishonib turibdi. Ammo bugun “Sevilya” MYuni anchagina ter to‘kishga majbur qiladi. Ushbu bellashuvda yaqqol favorit yo‘q. Umuman, yarim finalda bu kabi dominantlar kam bo‘ladi. Joriy yilgi evrokuboklar yarim finallari orasida eng qiziqarlisi bo‘lishi kutilayotgan ushbu bahsda nomlar jihatidan “qizil iblislar”da kichik ustunlik bor. Ammo ispanlarda murabbiyning tajribasi ancha katta. Shaxsiy intuitsiyalar evaziga gapirgan taqdirimda ham, qaysi jamoa g‘alaba qozonishini aytish qiyin. Menimcha, kichik hisobdagi g‘alaba qayd etilsa kerak. Ammo mag‘lub jamoa ham boshini tik ko‘tarib chiqib keta oladigan darajada kuchli o‘ynashi aniq.

0_GettyImages-1227993550

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!