Chempionlar ligasi finali Madridda o‘tkaziladi

  • 11 sentabr, 20:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumdagi final uchrashuvi Madridning "Atletiko" klubi uy stadioni hisoblangan "Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Qaror Tiranada bo‘lib o‘tgan UEFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi. Shuningdek, ijroiya qo‘mitasi 2026-yilgi UEFA Superkubogi uchun o‘yin Zaltsburgda o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda EChLni PSJ o‘z tarixida ilk bor qo‘lga kiritdi. Parijliklar finalda "Inter"ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!