
Chempionlar jamlangan "Yuventus" futbolchilari haqida kichik statistika
"Yuventus" Italiya A Seriyasi 36-turida muddatidan oldin chempionlik unvonini rasmiylashtirib, ushbu g‘oliblikni 36-marotaba qo‘lga kiritdi.
Turinliklar darvozaboni Janluiji Buffon A Seriya o‘n karra chempion bo‘ldi. Himoyachilar Leonardo Bonuchchi va Jorjio Kellinida esa skudettolar soni to‘qqiztani tashkil qiladi.
Shuningdek, Kellini g‘oliblikka to‘qqiz marta ketma-ket erishgan va ushbu mavsumlarda kamida bir marta maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.
Yarim himoyachi Duglas Kosta so‘nggi 11 mavsumda 10 marotaba chempionlikni nishonladi. U beshta marta "Shaxtyor", ikki bor "Bavariya" va uchta marotaba "Yuventus" bilan bosh sovringa ega chiqdi.
Fikrlar