
Chempion jamoa Saloh uchun uch futbolchisini "qurbon" qiladigan bo‘ldi
“Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Muhammad Saloh oldida kutilmagan variant paydo bo‘ldi.
Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” 32 yoshli hujumchini yana A Seriyaga qaytarmoqchi.
Milanliklarda yozda mashhur to‘purarni erkin agent maqomida bepul qo‘lga kiritish imkoni bor. “Inter” xo‘jayinlari Muhammad Saloh talab qiladigan katta miqdordagi maoshni to‘lash uchun tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga tayyor.
Buning uchun klub Marko Arnautovich, Mehdi Taremi va Xoakin Korrea kabi tajribali o‘yinchilarini sotib yuborishni mo‘ljallayapti.
Muhammad Saloh ayni paytda “Liverpul”dagi har bir mavsum uchun 11,7 million evro maosh olmoqda. Bu summa Italiya klublariga og‘irlik qiladi. Shu bois, “Inter” o‘z rejasini amalga oshirish uchun misrlik o‘yinchi bilan maosh masalasida kelishib olishi talab etiladi.
Fikrlar