
Chempion bo‘lgan "Liverpul"ning oltita futbolchisi medalsiz qolishi mumkin
Angliyaning "Liverpul" klubi o‘zining 20-chempionlik unvonini qo‘lga kiritganiga qaramay, bir qator futbolchilari oltin medallarsiz qolishi mumkin. Bu haqda "Planet Football" nashri xabar bermoqda.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, futbolchilar oltin medal olishlari uchun kamida 5 ta chempionat o‘yinida maydonga tushgan bo‘lishlari kerak. Mavsum yakunlangach, "Liverpul" jami 40 ta medalni oladi va ular futbolchilar hamda klub xodimlari o‘rtasida taqsimlanadi. Reglament talablari asosida medal olishga loyiq bo‘lmagan futbolchilarga mukofot berish haqidagi yakuniy qaror klub ixtiyorida bo‘ladi.
Chempionat doirasida etarlicha maydonga tushmagan futbolchilar qatoriga quyidagilar kiradi: Federiko Kieza (4 ta o‘yin), Viteslav Yarosh (1 ta o‘yin), Jeyden Danns (1 ta o‘yin), shuningdek, Tayler Morton, Jeyms Makkonell va Trey Nyoniy.
Fikrlar