
"Chelsi"ning yangi sardori kim bo‘ladi?
"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms kelajakda jamoa sardori bo‘lishi mumkin. "The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, London klubi Jeymsni joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan amaldagi sardor Sesar Aspilikuetaning vorisi sifatida ko‘rmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, "Chelsi" 23 yoshli futbolchini yaqinda yangi sardor bo‘lishiga umid qilyapti.
Jeyms joriy mavsum barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assistni amalga oshirdi. Himoyachining "Chelsi" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar