
"Chelsi"ning bir o‘zi qishda 4 ligani ortda qoldirdi
"Chelsi" klubi qishda birin-ketin transferlar amalga oshirishda davom etmoqda. Jamoa qishki transferlar oynasi vaqtida oz emas, ko‘p emas naq 143,5 million evro sarflashga ulgurdi.
Bu "kuchli beshlik" chempionatlaridagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Hatto klubning bir o‘zi qilgan xarajat APLdan qolgan 4 liga xarajatini qo‘shib hisoblaganda ham yuqori. La Liga, A Seriya, Bundesliga va Liga 1 klublari qishda 73,4 million evro sarflagan.
Eslatib o‘tamiz, londonliklarning so‘nggi transferi PSV vakili Noni Madueke bo‘ldi.
Fikrlar