
“Chelsi” zo‘rg‘a etishgan o‘yinchisini tezda sotib yuboradi
Bundesligada porlagan Kristofer Nkunku uchun grand klublar jiddiy kurash olib borgan edi. O‘tgan yoz “Chelsi” barcha da’vogarlarni ortda qoldirib, 26 yoshli hujmkor futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.
60 million evroga tushgan Nkunku Angliyada hech narsa qila olgani yo‘q. Barcha turnirlarda atigi o‘n marotaba maydonga tushib, bir juft to‘p kiritdi xolos.
Rahbariyatni frantsiyalik futbolchining jarohatlarga moyilligi va ko‘p vaqtini salomatligini tiklash uchun sarflab yuborayotgani bezovta qilmoqda.
“Chelsi” xo‘jayinlari safrlangan mablag‘ning katta qismini qaytarish uchun Nkunkuni Saudiya Arabistoni klublariga pullamoqchi.
Fikrlar