“Chelsi” zo‘r hujumchini ko‘zlayapti

  • 16 oktabr, 2020, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frenk Lempard qishki transfer bozoriga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Garchi Roman Abramovich yozgi transferlar mavsumida bir necha kuchli o‘yinchilarni olib kelish uchun pulni ayamagan bo‘lsa-da, bosh murabbiy tarkibda kamchiliklar borligini aytmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Lempardga “Yuventus”ning asosiy hujumchilaridan biri Paulo Dibala kerak. Hozir argentinalik hujumchi turinliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Tomonlar bir necha oydan buyon maosh masalasida kelisha olmayapti.

“Chelsi” yaqindagina 200 million funt sarflab, tarkibga darvozabon Eduard Mendi, Benjamin Chiluell, hujumkor futbolchilar Hakim Ziesh, Kay Xaverts va Timo Vernerni sotib oldi. Undan tashqari, erkin agent sifatida PSJning sobiq sardori Tyago Silva ham Londonga keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!