
"Chelsi" yangi futbolchisini qachon tanishtirishi ma’lum bo‘ldi
Londonning "Chelsi" klubi "Shaxtyor"dan sotib olgan futbolchisi Mixail Mudrikni bugun jamoa futbolchisi sifatida tanishtirmoqchi.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, London klubi bugun Mudrikni "Stemford Brij"da jamoaning yangi futbolchisi sifatida tanishtirishni rejalashtirmoqda. London klubi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da premer-liganing 20-turi doirasidagi "Kristal Pelas" bilan o‘ynaydi.
"Aristokratlar" 22 yoshli vinger uchun 70+30 million evro to‘lashi xabar qilingandi. Romanoning yozishicha, bitimning umumiy summasi bonuslar bilan birga 100 million evroni tashkil qiladi.
Londonliklar Mudrik bilan tuzilgan 7 yillik shartnomada premer-liga yoki chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, bonusning bir qismini to‘laydi.
Fikrlar