
“Chelsi” yana ikki mashhur futbolchini olib keladi
“Chelsi” mutasaddilari qishki transferlar vaqtida yana bir necha o‘yinchi bilan xayralashadi. Xususan, ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya klub rahbariyatini yanvarda boshqa jamoaga o‘tishi haqida ogohlantirdi.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino jamoaga nomdor o‘yinchilarni olib kelishni so‘rayapti. Calciomercato nashriga ko‘ra, “aristokratlar” Italiya chempionatidan ikki himoyachini olib ketmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Chelsi” mutasaddilari nazariga “Milan” vakili Teo Ernandes va “Inter” o‘yinchisi Feleriko Dimarko tushgan.
Transfer mutaxassislari londonliklarga bu ikki himoyachini olish oson bo‘lmasligini aytmoqda. Chunki ular o‘z jamoasida asosiy figuralardan hisoblanadi.
Fikrlar