
“Chelsi” yana besh nafar futbolchi haydayapti
Evropaning aksariyat milliy ligalarida transfer oynasi yopilganiga qaramay, “Chelsi” rahbariyati ayrim ortiqcha o‘yinchilaridan qutilishga harakat qilayotir.
Ayni paytda Turkiya, Belgiya va Gretsiya kabi bir necha mamlakatlarda transfer bozori ochiq. “Aristokratlar” kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni shu ligalarga jo‘natishga harakat qilyapti.
Evening Standard nashrining ma’lum qilishicha, Ben Chiluell, David Datro Fofana, Aleks Matos, Xarvi Veyl va Deyvid Vashington o‘ziga tezroq jamoa topishi kerak.
“Aristokratlar” transferlarga qo‘yilgan bu besh nafar futbolchidan hech bo‘lmaganda 1-2 tasi klubdan ketishiga umid bildirmoqda.
Fikrlar