Chelsi" va "Manchester Yunayted" talashgan futbolchini saudiyaliklar ilib ketmoqda

  • 20 avgust, 2024, 15:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning ikki grand klublari "Chelsi" va "Manchester Yunayted" "Brentford" hujumchisi Ivan Toneyni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bir nechta manbalarning xabariga ko‘ra, ikki jamoa ham o‘yinchi bilan muzokaralarga jiddiy kirishgan.

Tecno

Ammo Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi futbolchiga katta miqdorda maosh taklif qilgan. "Brentford" ham, futbolchi ham bu taklifga qarshi emasligini bildirgan. Hozirda uning transfermarkt portalidagi narxi 60 million evro deb baholanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli angliyalik futbolchi "Brentford" klubi safida umumiy 141 ta o‘yinda ishtirok etib, 72 ta gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!