"Chelsi" uchun yaxshi yangilik: Jarohat olgan ikki futbolchisi safga qaytdi
Londonning "Chelsi" klubi Angliya Premer-ligasi o‘yinlari qayta boshlanishidan oldin muhim bonusga ega bo‘ldi. Jurnalist Saymon Fillipsybyu xabariga ko‘ra, markaziy himoyachi Benua Badyashil hamda yarim himoyachi Romeo Laviya jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi.
Ikki futbolchi ham Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida maydonga tushgandi, ammo hozirgacha jarohat sabab, joriy mavsumda APLda o‘ynashmadi.
Entso Mareska shogirdlari 13 sentyabr, shanba kuni "Brentford" mehmoni bo‘ladi. Ushbu bellashuv Angliya Premer-ligasi 4-turidan o‘rin olib Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.



Fikrlar