“Chelsi” uchta katta transferga tayyorlanmoqda

  • 27 avgust, 2020, 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsum oldidan tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirayotgan Frenk Lempard yana uchta futbolchini olishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Ayni paytda “Chelsi” mutasaiddilari PSJni erkin agent sifatida tark etgan tajribali himoyachi  Tyago Silva bilan 1+1 sxemasida shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lgan va bu yangilik tez orada rasman e’lon qilinadi.

Londonliklar yana bir asosiy nishon – “Bayer” pleymeykeri Kay Xaverts transferini ham ijobiy hal qilish arafasida turibdi. Bundesliga yulduzi shu kunlarda Londonga kelishi kutilmoqda.

Frenk Lempardning so‘nggi transferi “Nitstsa”dan ketgan Malang Sarr bo‘ladi. Mohir himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin “Chelsi” bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Lempard 21 yoshli Sarrni yangi mavsumda ijaraga berib yuborishi aytilmoqda.

Bungacha “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich Lempardga Hakim Ziesh, Timo Verner va Ben Chiluell kabi qimmatbaho o‘yinchilarni olib berdi.

0_chelsea-780x439

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!