"Chelsi" Tuxel o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi

  • 7 sentabr, 2022, 15:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" Tomas Tuxelni ishdan bo‘shatgach, yangi murabbiy olib kelish ustida ishlamoqda. Asosiy nomzod - "Brayton" ustozi Grem Potter. 

Shuningdek, "ko‘klar" PSJ sobiq ustozi Mauritsio Pochettino va Zinedin Zidan bilan ham muzokaralar olib borilgan. 

"Sky Sports" nashri bergan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati "Brayton" bilan Potter masalasida suhbat olib borgan. Bundan tashqari, Pochettino hamda Zidan varianti ham muhokama qilinmoqda. 

Qayd etish lozim, "Chelsi" bugun Tuxel bilan hamkorlikni yakunlaganini e’lon qildi. Nemis mutaxassisi London klubida 2021 yilning yanvaridan buyon hamkorlik qilib kelayotgandi.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!