“Chelsi”: to‘rt futbolchini berib, bittasini olamiz!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasida “Sevilya” markaziy himoyachisi Jyul Kundeni ko‘rmoqchi.
Biroq, bu futbolchining Londonga kelishi uchun “aristokratlar” to‘rt nafar himoyachidan biridan voz kechishi kerak bo‘lyapti.
Eng qizig‘i, ayni paytda jamoa himoyani qo‘rg‘onini tashkil qiladigan himoyachilar – Antonio Ryudiger, Sesar Aspilikueta, Andreas Kristensen va Tiagu Silvaning klub bilan shartnomasi yakunlanib bormoqda.
Agar katta tajribaga ega bu to‘rt futbolchi ketsa, Tomas Tuxel ixtiyorida faqat yosh himoyachilar – Malang Sarr, Trevo Chaloba va Ris Jeyms qoladi. Germaniyalik murabbiyning rejasi bo‘yicha yoshlarga aynan Jyul Kunde maydonda ustozlik qilishi kerak.



Fikrlar