
“Chelsi” to‘qqizta o‘yinchidan qutildi. Yana 13 tasiga jamoa qidirilyapti
“Chelsi” keyingi yillarda qatorisiga o‘yinchi sotib olishga berilib ketdi. Natijada klubda ortiqcha futbolchilar to‘planib qoldi.
The Athletic nashri avgust oyi o‘rtalarida klubda 53 nafar charm to‘p ustalari borligini hisoblab chiqqan edi. Qisqa fursatda ulardan to‘qqiz nafari transfer qilindi.
Konor Gallaxer, Diego Moreyra va Meyson Byorstou to‘liq sotib yuborilgan bo‘lsa, Lesli Ugochukvu, Alfi Gilkrist, Keyleb Uayli, Bashir Xamfris, Gebriel Slonina va Aaron Anselmino ijaraga jo‘natildi.
Yozgi transferlar oynasi yopilgunicha klubdan ketadigan bir guruh o‘yinchilarning taqdirini hal qilish kerak. Ular orasida klubning iqtidorli yosh tarbiyalanuvchilaridan tortib, jahon futbolida nomi chiqqan o‘yinchilargacha bor.
Xususan, Romelu Lukaku, Rahim Sterling, Kepa Arrisabalaga, Ben Chiluell, Trevo Chaloba, Armando Broyya, Tino Andjorin, Karni Chukvuemeka, Aksel Disasi, Deyvid Vashington, Jorje Petrovich, Chezare Kazadey, Datro Fofana kabi futbolchilar o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
Fikrlar