“Chelsi” Sterlingni ijaraga jo‘natdi

  • 2 sentabr, 2022, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” matbuot xizmati himoyachi Dyujon Sterling “Stok Siti” jamoasiga ijaraga jo‘natilganini ma’lum qildi.

Tecno

Chempionship jamoasi himoyachini mavsum oxiriga qadar o‘zida o‘ynatadigan bo‘ldi.

“Aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Sterling bungacha “Blekpul”, “Uigan” va “Koventri” kabi jamoalarga ham ijaraga berilgan edi.

Angliyalik futbolchi faoliyati davomida asosiy jamoa uchun atigi ikki marta o‘yin o‘tkazgan. Shunga qaramay, Sterling “Chelsi”ning yoshlar jamoasida asosiy figuralardan edi. 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoasida Dyujon 52 ta uchrashuvda qatnashgan.

22 yoshli o‘ng qanot himoyachisining “Chelsi” bilan shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!