
"Chelsi" Rossiyada "Krasnodar"ni tor-mor keltirdi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida “Chelsi” safarda “Krasnodar” mehmoni bo‘ldi.
Rossiyadagi bellashuvda “aristokratlar” raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Gollarni Kallum Xadson-Odoi (37'), Timo Verner (76'), Xakim Ziesh (79') va Kristian Pulishich (90') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar