
“Chelsi” raqibga futbolchi beradigan bo‘ldi
“Fulxem” rahbariyati “Chelsi” bilan himoyachi Itan Ampadu ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Abramovich klubi rahbariyati 19 yoshli futbolchini bir yillik ijaraga yuborishga rozilik bergan. Biroq, “Fulxem”da ijara muddati tugagach, o‘yinchini sotib olish imkoni bo‘lmadi.
Ampadu o‘tgan mavsumni “Leyptsig” safida o‘tkazib, sakkizta uchrashuv maydonga tushdi va Bundesliga o‘yinlari yakunlangach, “Chelsi” ixtiyoriga qaytib keldi.
Fikrlar