"Chelsi" qo‘rqayotgan Kanteni to‘g‘ri tushundi

  • 22 may, 2020, 21:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachi Ngolo Kantega jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmaslikka ruxsat berdi.

Tecno

29 yoshli futbolchi koronavirus tufayli mart oyida to‘xtatilgan chempionat tiklanishidan ko‘ra o‘zining sog‘ligidan ko‘proq xavotirlanmoqda. U hozircha mashg‘ulotlarga qaytish xavfsiz emas deb hisoblaydi.

“Chelsi” esa unga mashg‘ulotlarga kelmaslikka ruxsat beryapti, garchi shu tariqa u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lsada. U hozir uyda shug‘ullanmoqda, “aristokratlar” rahbariyati uning bu qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 19 may sanasidan boshlab mashg‘ulotlarga kirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!