"Chelsi" Pochettino bilan muzokaralarni boshladi

  • 21 aprel, 2023, 06:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ni rahbariyati Mourisio Pochettino bilan muzokaralarni boshladi, deya xabar berdi Fabritsio Romano. Klub argentinalik mutaxassis bilan o‘tgan yozdan beri ilk bor bog‘landi.

Tecno

Avvalroq, insayder "aristokratlar" Luis Enrike bilan o‘zaro suhbatlarni to‘xtatgani va ispaniyalik murabbiy London jamoasini boshqarish ehtimoli pastligi haqda ma’lumot bergan edi.

"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod Nagelsmann bo‘lib qolmoqda. Ammo jamoa endi murabbiy tanlashda xato qilishni xohlamaydi. Shu sababli, rahbariyat shoshmayapti. 

"Airstokratlar" mavsumni juda yomon o‘tkazdi. Ular Premer-ligada 11-o‘rinda bormoqda. Bundan tashqari, "Real"ga mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasidan ham chiqib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!