“Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 50 mln funt taklif qildi

  • 12 avgust, 2020, 03:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aristokratlar” so‘nggi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlardan keyin transfer bozorida yana faollikni oshirdilar. Bu safar Frenk Lempardning nigohi “Vest Xem”da o‘ynayotgan yarim himoyachi Deklan Raysga qaratilgan. O‘z navbatida, “bolg‘achilar” rahbariyati umidli futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Tecno

“Biz uni sotmoqchi emasmiz. Ingliz futbolining kelajagi uchun 50 mln funt bu juda kulguli. U bir necha kundan so‘ng mavsumoldi yig‘inlarda ishtirok etish uchun jamoaga qaytadi. Uning transferi muhokama qilinmaydi”, deya munosabat bildirgan “Vest Xem” jamoasi ma’muriyati.

Rays “Chelsi” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq 2014 yildan beri “bolg‘achilar” tarkibida harakat qiladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!