
“Chelsi” Osimxendan yuz o‘girdi, undan zo‘ri chiqib qoldi
“Chelsi” rahbariyati anchadan beri Viktor Osimxenni olish payida yurgan edi. Biroq ular qimmatbaho hujumchini olish fikridan qaytdi.
Yakunlangan mavsumda nigeriyalik forvard o‘yinida pasayish kuzatildi. Qolaversa, “Napoli” o‘z o‘yinchisini qimmat baholayapti.
“Aristokratlar” nishoniga La Ligada to‘purar bo‘lgan ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik tushdi.
“Jirona” vakili bu jamoadagi debyut mavsumida 24 ta gol urishga erishdi va jamoasini La Ligada kuchli uchlikka olib kirdi.
Ispan klubi Dovbikni 7 million evroga transfer qilgandi. Shartnomada 40 million evroga qo‘yib yuborishi belgilangan.
Fikrlar