"Chelsi" "Norvich"ni o‘z uyida kichik hisobda mag‘lub etdi

  • 15 iyul, 2020, 03:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 36-turida "Chelsi" o‘z maydonida "Norvich" ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Tecno

Bu Frenk Lempard shogirdlari uchun "Stemford Brij"dagi ketma-ket beshinchi g‘alaba bo‘ldi. Bungacha "ko‘klar" "Tottenxem", "Everton", "Manchester Siti" va "Uotford"ni mag‘lub etgan edi.

"Chelsi" – "Norvich" 1:0

14 iyul, 00:15, "Stemford Brij"

"Chelsi" – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Zuma, Alonso (Djeyms, 80), Loftus-Chik (Barkli, 67), Jorjino, Kovachich, Villian, Jiru (Abraxam, 86), Pulishich (Xadson-Odoi, 81).

"Norvich" – Krul, Aarons, Godfri, Kloze, Lyuis, Tetti (Shtipermann, 79), Kentuell (Buendia, 71), Rupp (Martin, 89), Maklin, Ernandes (Pukki, 79), Drmich (Ida, 79).

Gol: 1:0 – 45 Jiru.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!