"Chelsi" naqd 7 ta futbolchini transferga qo‘ymoqchi

  • 23 dekabr, 2020, 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi rahbariyati yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida naqd 7 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Sky Sports Italia muxbiri Anjelo Manjiante xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” himoyachilar - Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen va Markos Alonso, yarim himoyachilar - Jorjino, Ross Barkli, Denni Drinkuoter va Viktor Mozesni transferga qo‘ymoqchi.

London klubi ushbu transferlardan tushgan mablag‘larni kelasi yoz "Borussiya D" forvardi Erling Xoland va "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Raysni sotib olish uchun sarflamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!