
“Chelsi” muxlislari bir guruh futbolchilarga qarshi chiqmoqda
“Chelsi”ning ashaddiy muxlislari jamoaning bir necha futbolchilari premer-liga qaydnomasiga kiritilganiga qarshi chiqmoqda. Ular Ross Barkli, Malang Sarr, Lyuis Beyker va Ruben Loftus-Chikni jamoa ro‘yxatidan chiqarib tashlashni talab qilyapti.
Bu futbolchilarning birortasi yangi mavsumda maydonga tushgani yo‘q. Tomas Tuxel keyinchalik ham butun mavsum davomida ularga ishonch bildirmasligini ochiq bayon qilgan.
Muxlislar yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar jamoada bekorga joy egallab turganidan norozi. Ular bu o‘yinchilar o‘rniga iste’dodli va jamoaga foydasi tegadigan ijrochilarni olib kelish kerakligini ta’kidlayapti.
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida bosh murabbiyga kerak bo‘lmaganlarni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishga harakat qilgan bo‘lsa-da, ayrimlariga yangi ish joyi topilmadi.
Fikrlar