"Chelsi" Mauntning o‘rniga kimni sotib olmoqchi?

  • 30 iyun, 2023, 13:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi Meyson Maunt jamoani tark etishga yaqin turibdi. "Manchester Yunayted" va londonliklar 60 million funtlik kelishuvga erishdi. Yarim himoyachi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transfer rasman e’lon qilinadi. 

Tecno

"Chelsi" 24 yoshli inglizni yo‘qotganidan keyin uning o‘rniga yarim himoyachi sotib olishni reja qilgan. Klub "Selta" futbolchisi Gabri Veygani kuzatib bormoqda, deya xabar berdi "Standart Evening" nashri. Uning tovon puli 40 million evro. 

Veygaga "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi hali bir qarorga kelmagan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!