
"Chelsi" kelasi yozda "Real"ning yulduz futbolchisini ilib ketmoqchi
"Chelsi" so‘nggi yillarda transfer bozorida juda faol ish olib bordi va tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. London klubi kelgusi yozda navbatdagi katta transferga kirishishi mumkin.
"Transfer News Live" nashrining xabariga ko‘ra, "Chelsi" "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga uchun taklif tayyorlamoqda. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, "aristokratlar" frantsuz futbolchisi uchun 52 million funt (60 million evro) taklif qilishga tayyor.
Hozircha "Real" bu taklifga rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, noma’lum. Kamavinga bilan madridliklarning amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha davom etadi. Frantsuz yarim himoyachisi "Real" safida 180 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar