
“Chelsi” Kantening o‘rniga futbolchi topdi
“Chelsi” “Brayton” va Ekvador futbolchisi Moyzes Kaysedo uchun 90 million evrolik taklifni berishga tayyor. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar bermoqda.
“Aristokratlar” futbolchini Kantega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Frantsuzning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi. Bundan tashqari Moyzes Grem Potterning sobiq shogirdi hisoblanadi.
“Mish-mishlarga ko‘ra, Kaysedo uchun “Liverpul” ham kurashmoqda. Ular futbolchi uchun 80 million evro to‘lashga tayyor.
Fikrlar