
"Chelsi" Kanteni AQShga olib ketmaydi. Bunga sabab...
"Chelsi" klubi tez orada AQShga jo‘nab ketadi. Jamoa u erda bir qancha o‘rtoqlik maqomidagi uchrashuvlarda ishtirok etadi.
"Sky Sports" nashrining xabar berishicha, safar uchun tashkillashtirilgan ro‘yxatdan N'Golo Kante va Ruben Loftus-Chik tushib qolgan. Bunga sabab sifatida ular AQSh vaktsinatsiya qoidalariga to‘liq rioya etmagani ko‘rsatilgan.
Qo‘shma Shtatlardagi qoidalarga ko‘ra, 18 nafardan ko‘p tashrif buyuruvchi bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi ikki martadan vaktsina olgan bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "aristokratlar" shanba kuni Shimoliy Amerikaga uchib ketadi. Safar davomida klub Las-Vegas, Los-Anjeles va Florida shaharlarida o‘yinlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Fikrlar