“Chelsi” juda samarali futbolchi topdi

  • 10 avgust, 2024, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yangi bosh murabbiy Entso Mareska rejasiga kirmaydigan o‘yinchilarni sotib yuborib, ularning o‘rniga yangi ijrochilarni olib kelish orqali yangi jamoa shakllantirmoqda.

Tecno

“Aristokratlar” o‘zlari tarbiyalagan Konor Gallaxerni “Atletiko”ga transfer qiladigan bo‘ldi. Bu o‘yinchiga o‘rinbosar Shotlandiya chempionatidan topildi.

Londonliklar yozgi transferlar yopilgunicha “Seltik” yarim himoyachisi Mettyu O'Rayli olib kelishga qaror qildi.

Sky Sports nashrining yozishicha, 23 yoshli daniyalik futbolchi Shotlandiya chempionatining eng yaxshi assistenti hisoblanadi.

O'Rayli o‘tgan mavsumda “keltlar”safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlari 19 ta golli pas uzatdi.

Bu o‘yinchi Italiyaning “Atalanta” jamoasi ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bergamoliklar “SEltik”ka 16 million evrolik taklif jo‘natgan. Shotlandiyaliklar iqtidorli o‘yinchini 20 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!