"Chelsi" Jiruni Dembelega almashtirmoqchi

  • 8 yanvar, 2020, 18:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi hamon "Lion" forvardi Mussa Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "aristokratlar" bosh murabbiyi Frenk Lempard klub rahbariyatidan ushbu frantsiyalik to‘purarni joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishni so‘ramoqda.

Aytish kerakki, Dembelening transferi 47 million evroga baholanmoqda. "Chelsi" esa narxni pasaytirish uchun “Lion”ga yana bir frantsiyalik hujumchi Olive Jiruni berishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Mussa Dembele “Lion” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 72 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 32 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!