"Chelsi" ispaniyalik darvozabonni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 31 iyul, 2023, 19:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Mouritso Pochettino jamoaga yangi darvozabon olib kelishni istamoqda. Rahbariyat "Brayton" vakili Robert Sanches variantini ko‘rib chiqmoqda

Tecno

Insayder Nizar Kinsellaning so‘zlariga ko‘ra, posbon bilan kelishish qiyin bo‘lmaydi. Sababi, uning o‘zi ham top klubga o‘tishni istamoqda. Agarda ispaniyalik darvozabon London jamoasiga o‘tsa, ikkinchi zaxira o‘yinchisiga aylanib qolmaydi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Sanchesning transferi uchun "chaykalar" 30 million funt talab qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!