"Chelsi" himoyachisi "Inter"ga o‘tishi mumkin
“Inter” rahbariyati hamon “Chelsi” himoyachisi Emersonning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “aristokratlar” 26 yoshli futbolchini keyinchalik 30 mln evroga sotib olish sharti bilan ijaraga berishga tayyor.
Emerson o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar