"Chelsi" himoyachisi Frantsiyaga ketishi mumkin

  • 12 dekabr, 19:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi faoliyatini Liga 1da davom ettirish ehtimoli bor.

Tecno

Jurnalist Nikola Skira bergan xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga "Lion" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Ko‘klar"ning asosiy tarkibidan chetda qolib ketayotgan futbolchining o‘zi ham transferlar bozorida jamoani tark etishga tayyor. Disasi joriy mavsumda birorta ham uchrashuvda maydonga tushmadi. Frantsiyalik futbolchi 2023 yildan buyon "aristokratlar" safida o‘ynab kelyapti. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi. 

Ma’lumot uchun, futbolchining "Transfermark" portalidagi narxi 15 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!