"Chelsi" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 10 aprel, 2023, 15:13
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" Ben Chiluell bilan shartnomani uzaytiradi, deya xabar berdi "Teh Athletic" nashri. Yangi bitim 2027 yilgacha amal qiladi. 

Tecno

Angliyalik himoyachi londonliklar safini yozda tark etadigan futbolchilar orasida bor edi. U "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin edi. Gvardiolaning o‘zi ushbu transferni istadi, biroq "aristokratlar" Chiluellni qo‘yib yubormaslikka qaror qildi. 

26 yoshli futbolchi 2020 yilda "Lester"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan. U ilk mavsumida jamoa bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Ammo jarohatlar sabab himoyachi ko‘plab muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Fevralda safga qaytgan Benjamin klubining har bitta bahsida qatnashib kelmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!