
"Chelsi" futbolchisi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ammo, hozircha 23 yoshli Angliya terma jamoasining qachon sog‘ayib safga qaytishi ma’lum qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Loftus-Chik "Nyu-Inglend Revolyushn" (3:0) jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida jiddiy jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, Loftus-Chik joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 40ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar