"Chelsi" futbolchisi kamida 6 haftaga safdan chiqdi

  • 7 oktabr, 2022, 09:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana EChL guruh bosqichi doirasida "Milan"ga qarshi o‘yinda (3:0) tizzasidan jarohat oldi. Garchi u o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa-da, uchrashuvning 37-daqiqasida zaxiraga olindi.

Tecno

"Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, 21 yoshli frantsiyalik futbolchi 4-6 haftaga safdan chiqdi. Fofanaga tizza jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Ma’lumot sho‘rnida, himoyachi avgust oyida “Lester”dan “Chelsi”ga 80 million evro evaziga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!