
“Chelsi” eng qimmat darvozabondan voz kechdi
“Chelsi” rahbariyati murabbiylar shtabi ishonchini yo‘qotgan Kepa Arrisabalagani ijaraga qo‘yib yuboradigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Valensiya” nafaqat “Chelsi”dagi, balki Ispaniya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotgan darvozabonga ishonch bildirishga qaror qilgan.
Ispaniyaliklar o‘z hamyurtlarini ijaraga olmoqchi. Londonliklar ham bunga qarshi emas. Kepaning o‘zi yurtiga qaytib, yana mahoratini ko‘rsata olishiga ishonmoqda.
Bundan tashqari, “Valensiya”da Kepa Arrisabalagani 37 million evroga sotib olish huquqi bo‘ladi. O‘z davrida, “Chelsi” bu posbon uchun 80 million evro sarflagan va bu transfer o‘zini oqlamagan edi.
Fikrlar