
"Chelsi" darvozaboniga A Seriyadan xaridor chiqdi
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabala faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik posbon xizmatiga "Latsio" qiziqish bildirmoqda. "Burgutlar" qishki transfer vaqtida Kepani sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
"Transfermarkt" portali 27 yoshli ispanni 13 million evroga baholamoqda. London klubi 2018 yil uni "Atletik"dan 80 million evroga sotib olgan edi.
Joriy mavsum Arrisabalag 4ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita to‘p o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar