“Chelsi”: Bu futbolchiga pulimiz etmaydi

  • 3 yanvar, 2022, 15:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Sun nashri “Chelsi” mutasaddilari “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays transferidan voz kechgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Bu yarim himoyachiga Angliyaning deyarli barcha grand klublari ko‘z tikmoqda. “Vest Xem” esa Chempionlar ligasiga chiqish maqsadida jamoa etakchisini saqlab qolmoqchi. Shuning uchun ular futbolchiga 100 million funt narx qo‘yib qo‘ygan.

Aynan mana shu omil “aristokratlar”ning qarorini o‘zgartirdi.

Tomas Tuxel Deklan Rays o‘rniga arzonroq variant – “Monako”dan Orelen Tchuamenini olish mumkinligini ta’kidlamoqda.

Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, inglizlar “Monako”ga 60 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!