
“Chelsi”: Bu futbolchidan qo‘lingni tort, “Real”!
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, “Chelsi” jamoa sardori Ris Jeyms bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan.
Bu futbolchiga “Real” jiddiy qiziqish bildiriayotgan edi. Madridliklar Jeymsni transfer qilish orqali o‘ng qanot himoyasidagi muammoni hal qilishni ko‘zlayotgan edi.
Chunki Dani Karvaxal o‘ng qanot bo‘yicha to‘liq ustunlik o‘rnata olgani yo‘q. Himoyadan hujumga o‘tishda Danining tezligi pastligi pand beryapti.
“Aristokratlar” Ris Jeyms ko‘p jarohat olayotganiga qaramay, himoyachini sotilmaydigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi.
23 yoshli Ris jamoaning haqiqiy etakchisi hisoblanadi. Futbolchilarning aksariyati uni o‘ziga namuna, deb biladi. Klub xo‘jayinlari jamoaga ta’siri kuchli bo‘lgan o‘yinchidan voz kechishga tayyor emasligini ko‘rsatdi.
Fikrlar