"Chelsi" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma’lum

  • 3 aprel, 2023, 01:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" Grem Potterni o‘zaro kelishuv asosida iste’foga chiqardi. Ayni dam klubni yordamchi murabbiy Bruno Saltor boshqarmoqda. 

Tecno

London klubiga kelishi mumkin bo‘lgan mutaxasisslar ma’lum. Bular Enrike, Pochettino va Nagelsmann. Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "aristokratlar"ning yangi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod - Yulian. Rahbariyat bir necha kun oldin 35 yoshli nemis borasida o‘zaro muhokamalar qilgan va tez orada unga aloqaga chiqmoqchi. 

Buni qarangki, Nagelsmann sobiq "Chelsi" ustozi Tuxelni "Bavariya"ga kelishi uchun bo‘shatilgan edi. Endilikda u Tomasning eski joyiga borishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!