"Chelsi" bosh murabbiyi Estevao va Yamalni muxlislar bosimidan himoya qildi

  • 26 noyabr, 15:23
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi ustozi Entso Mareska jurnalstlarga bergan intervyusida Estevao va Lamin Yamalni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslamaslik kerakligini aytdi.

Tecno

"Estevaoga dam olish va shunchaki futboldan zavq olish kerak. Bu Yamalga ham tegishli, chunki ular ikkalasi ham hali juda yosh. Agar ularni  Ronaldu va Messii bilan solishtirsak, bu juda katta bosim yuklaydi. Bunday qilmaslik zarur", – dedi Mareska.

Eslatib o‘tamiz, Estevaoning "Barselona"ga qarshi o‘yindagi goli jamoasining yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Braziliyalik vinger joriy mavsumda "aristokratlar" safida 5 ta gol urdi va 1 ta assistni amalga oshirdi. Lamin esa kataloniyaliklar tarkibida 6 ta gol urgan va jamoadoshlariga 8 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!