
“Chelsi” birdaniga 4 ta katta transferni amalga oshiryapti
“Chelsi” tarkibini tozalashni davom ettirmoqda. Klub rahbariyati bosh murabbiy Entso Mareska foydalanmaydigan o‘yinchilarni qo‘yib yuborib, ularning o‘rniga boshqa ijrochilarni olib keladi.
Klub tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer “Atletiko”ga o‘tadigan bo‘ldi. Madridliklar bu o‘yinchi uchun 34 million funt to‘lashi kutilyapti.
“Genk” 19 yoshli darvozaboni Mayk Pendersni Londonga yuboryapti. Iste’dodli golkiper “aristokratlar” 17 million funtga tushadi.
Tajribali hujumchi Romelu Lukaku faoliyatini yana Italiyada davom ettiradi. Bu gal belgiyalik forvard “Napoli”da o‘zini ko‘rsatadi.
O‘z navbatida, “Napoli”ni tark etmoqchi bo‘layotgan Viktor Osimxen “Chelsi”dan qo‘nim topishi kutilyapti. Har ikki klub tajribali hujumchilar oldi-berdisini kelishib olishi talab etiladi.
Fikrlar